Online Digital Camp


Raqamli Avlod - 2020


Loyiha
Haqida

“Digital Generation Uzbekistan” nodavlat notijorat muassasa va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTga ixtisoslashgan maktab bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi Axborot Kommunikatsiya Texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi ko'magida butun O‘zbekiston yoshlarini Online Digital Camp – “Raqamli avlod – 2020” onlayn oromgohiga taklif etamiz.

Ro‘yxatdan o‘tganlar ushbu loyiha ko‘magida zamonaviy texnologiya bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.

5 kun davom etuvchi mazkur motivatsiyaga boy tadbirda yoshlarga AKT sohasi rivojining zamonaviy tamoyillari haqida maʼlumotlar beriladi va ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda taʼlim olishadi: Veb-dasturlash, Mobil-dasturlash, Desktop-ilovasi dasturi, Raqamli media va marketing, Dizayn, Robototexnika hamda Frilans.

About Us

Veb dasturlash


HTML/CSS/JavaScript va Bootstrap kutubxonasi orqali landing sahifa yaratish va hostingga o'rnatishni o'rganasiz

Mobil dasturlash


Android Studio dasturida Kotlin va Java orqali mobil ilova yaratishni o'rganasiz

Desktop dasturlash


Microsoft Visual Studio orqali C# dasturiy tilida ilova yaratishni o'rganasiz

Media va Raqamli Marketing


Adobe Premiere Pro dasturi orqali videomontaj hamda, mobil reportyorlik va jurnalistika asoslarini o'rganasiz

Dizayn


Figma onlayn servisi orqali UX/UI prototiplar yaratish, Adobe Illustrator va Adobe Photoshop dasturlarida ish yuritishni o'rganasiz

Robototexnika


onlayn simulyator orqali sxematexnika va robototexnika bilimlari Arduino asosida o‘rganasiz

Frilans


Barcha yo'nalish ishtirokchilari frilans birjalar sirlari va undan to‘g‘ri foydalanishni hamda, orzudagi mablag‘ topish yo‘llarini o‘rganib olishadi.

Vazir murojaati

Spikerlar

Taklif qilgan
Mehmonlarizimiz

Yana bir eʼtiborli jihati, tadbirga AKT sohasidagi eng mashhur va tajribali mahalliy hamda xorijiy ekspertlar jalb etilganidir. Bunda siz spikerlar – Angry Birds mobil o‘yini asoschisi Piter Vesterbaka (Finlyadiya); Googleni rivojlantiruvchi ekspert Emad Exsan; IT bo‘yicha tadbirkor, investor, yirik IT loyihalar asoschisi Bobur Akilxanov; Meraki Marketing Agency va Meraki Academy asoschisi Shoxboz Dolimov singari mehmonlar maʼruzalarini tinglash bilan birga o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob ham olishingiz mumkin.

Barcha uchrashuvlar jonli efirda bizning YouTube kanalimizda bo'lib o'tadi

Tashkiliy qo'mita

Bizning mentorlarimiz

Bizning HAMKORLARIMIZ

Statistika

Ro'yxatdan o'tgan
ishtirokchilar soni

3879

Ro'yxatdan o'tganlar soni

3794

Qabul qilinganlar